Tramp AQSh Marsga qo‘nishiga va’da berdi

© © AP Photo / Charlie RiedelDonald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya.
Donald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2024
Obuna bo‘lish
Tramp AQShning Marsga qo‘nishida jahon birinchiligini qo‘lga kiritmoqchi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida, agar u Oq uy rahbari etib saylansa, amerikalik astronavtlar Marsga qo‘nishiga va’da berdi, deb yozmoqda RIA Novosti ijtimoiy tarmoqdagi jonli efirga tayanib.
“Bizda koinotni o‘rganish bo‘yicha jahon birinchiligi bo‘ladi. Rahmat, Ilon! (Mask – Tahr.) Biz harbiy ustunlikka ega bo‘lamiz. Va biz prezidentlik muddatim tugaguncha Marsga qo‘namiz...”, — dedi u.
Sentabr oyida Mask agar vitse-prezident Kamala Xarris noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, amerikaliklar Marsga hech qachon yetib bormasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ikkinchisidan farqli o‘laroq, Tramp "katta ishlarni amalga oshirishga imkon beradigan" hukumat samaradorligi komissiyasini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0