Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb tan olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Energodare.
Povsednevnaya jizn v Energodare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2024
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston MSK mamlakatda atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha referendumni bo‘lib o‘tgan deb tan oldi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qozog‘iston aholisining yarmidan ko‘pi mamlakatda atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha referendumda ovoz berdi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sabila Mustafina ma’lum qildi.
© © Sputnik Kazaxstan / Sanat ImangaliyevGolosovanie na obshenatsionalnom referendume po stroitelstvu AES v Kazaxstane.
Golosovanie na obshenatsionalnom referendume po stroitelstvu AES v Kazaxstane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2024
Golosovanie na obshenatsionalnom referendume po stroitelstvu AES v Kazaxstane.

"Jami bo‘lib 14:00 da butun mamlakat bo‘ylab 6 million 339 ming 425 fuqaro saylov bulletenlarini oldi, bu ovoz berish ro‘yxatiga kiritilganlarning 51,77 foizini tashkil etadi", — dedi Sabila Mustafina.

Shunday qilib, referendum bo‘lib o‘tgan deb tan olindi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ostonada aholining 45 foizdan ortig‘i, Olmaotada — 16 foizdan ko‘prog‘i, Chimkentda — 64 foizdan ortig‘i ovoz bergan.
Ma’lumot uchun, bugun respublikada Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0