Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Xorijiy biznes vakillari YeOII yagona bozoriga qiziqish bildirmoqda

© YeEKZarubejniy biznes proyavlyayet interes k yedinomu rinku YeAES
Zarubejniy biznes proyavlyayet interes k yedinomu rinku YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2024
Obuna bo‘lish
Muzokara ishtirokchilari bir-birini qo‘llab-quvvatlash va axborot almashish muhimligini ta’kidladilar.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 24-25 sentabr kunlari Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari va Rossiyadagi Belgiya-Lyuksemburg savdo palatasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) vakillari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) yagona bozori imkoniyatlarini taqdim etdilar, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
“Bizning hamkorlarimiz (Belgiya-Lyuksemburg palatasining a’zosi bo‘lgan kompaniyalar) YeOIIga a’zo barcha davlatlarda yaxshi istiqbolga ega. YeOII va G‘arbiy Yevropa ishbilarmon doiralari o‘rtasida muloqotni davom ettirish, xorijiy ishbilarmonlar hamjamiyatlarini yangi imkoniyatlar haqida tezkorlik bilan xabardor qilish muhim”, - dedi delegatsiyaga hamrohlik qilgan YeIK Integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Avtandil Alibayev.
Muzokara ishtirokchilari bir-birini qo‘llab-quvvatlash va axborot almashish muhimligini ta’kidladilar. Ishbilarmonlar hamjamiyatlari o‘rtasidagi shu yo‘nalishdagi muloqot biznesni rivojlantirish va yangi bozorlarda pozitsiyalarni mustahkamlashga yordam beradi.
YeEK podderjivayet vzaimodeystvie biznes-soobshestv YeAES i Indonezii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2024
O‘zbekiston va YeOII
Indoneziya va YeOII o‘rtasida erkin savdo kelishuvini tuzish istiqbollari ko‘rib chiqildi
Yangiliklar lentasi
0