O‘zbekistonlik bolalar jarrohlari Kabardin-Bolqordagi xayriya tadbirida ishtirok etmoqda

© RIA "Kabardino-Balkariya"Detskie xirurgi iz Uzbekistana uchastvuyut v blagotvoritelnoy aksii v Kabardino-Balkarii
Detskie xirurgi iz Uzbekistana uchastvuyut v blagotvoritelnoy aksii v Kabardino-Balkarii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Obuna bo‘lish
Ular uch davlatdan kelgan hamkasblari bilan birga tug‘ma yuz patologiyasi bo‘lgan bolalarga bepul maslahatlar va operatsiyalar o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik jarrohlar Rossiya, Belarus va turkiyalik hamkasblari bilan birgalikda Kabardin-Bolqordagi Respublika bolalar klinik ko‘p tarmoqli markazi negizida yuzida tug‘ma patologiyasi bo‘lgan bolalar uchun xayriya aksiyasi o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti “Kabardin-Bolqor” markaziga tayanib xabar berdi.
“Ba’zan bolaga baxtli va sog‘lom kelajak bag‘ishlash uchun ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordami zarur, uni bir tibbiyot tashkilotida tashkil etish tajriba va amaliyotning o‘ziga xosligi tufayli nihoyatda qiyin”, — deyiladi xabarda.
Shifokorlar yosh bemorlarga bepul maslahat va operatsiyalarni o‘tkazishmoqda.
“Belarus, Turkiya, O‘zbekistondan yuz-jag‘ va plastik jarrohlik sohasidagi nufuzli tibbiyot mutaxassislaridan iborat xalqaro jamoa, shuningdek, Rossiya shaharlari markaz mutaxassislari bilan birgalikda yuqori darajadagi operatsiyalarni xohlovchi va zarur bo‘lgan tug‘ma lab-tanglay yorig‘i bo‘lgan barcha bolalarga maslahatlar beradi”, — deyiladi xabarda.
Xalqaro guruh 50 taga yaqin operatsiyani bajarishni rejalashtirgan.
Rossiyskie vrachi za dva dnya proveli v Tashkente okolo 15 slojnix xirurgicheskix operatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Rossiyalik shifokorlar Toshkentda 15 taga yaqin murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
Yangiliklar lentasi
0