Og‘ir atletika: jahon chempionatida Diyorbek Ermatov oltin medalga sazovor bo‘ldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaUzbekistanes Diyorbek Ermatov zavoyeval zoloto na molodejnom ChM po tajeloy atletike v Ispanii
Uzbekistanes Diyorbek Ermatov zavoyeval zoloto na molodejnom ChM po tajeloy atletike v Ispanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Obuna bo‘lish
Ermatov dast ko‘tarish mashqida 162 kg bilan eng yuqori natijani qayd etdi va mazkur yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Diyorbek Ermatov oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medaliga ega chiqdi. -89 kg vazn toifasida bahs olib borgan Diyorbek Ermatov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
“Yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqida 162 kg bilan eng yuqori natijani qayd etdi va mazkur yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.
Afsuski, Ermatovga siltab ko‘tarish mashqida biroz omad yetishmadi. Ushbu yo‘nalishda u 186 kg ko‘tarib beshinchi, 348 kg bilan ikki kurash bo‘yicha to‘rtinchi pog‘onani band etdi.
Yangiliklar lentasi
0