Sankt-Peterburgda IV Yevroosiyo ayollar forumi bo‘lib o‘tmoqda

© RIA Novosti / Aleksey DanichevSiniy most i Isaakiyevskiy sobor
Siniy most i Isaakiyevskiy sobor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Obuna bo‘lish
Forum doirasida keng ko‘lamli dolzarb masalalarni qamrab oluvchi 100 dan ortiq tadbirlar o‘rin olgan.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Sankt-Peterburgda IV Yevroosiyo ayollar forumi (YeAF) boshlandi, deb xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Forum mazusi: “Ayollar ishonch va global hamkorlikni mustahkamlash tarafdori”.
Tadbir 18-20 sentabr kunlari ko‘plab mamlakatlardan parlament deputatlari, ijro hokimiyati organlari, xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, biznes, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari va xayriya loyihalari vakillari, xalqaro xotin-qizlar harakatining nufuzli arboblarini birlashtiradi.

“Yevroosiyo ayollar forumi birlashtiruvchi platforma bo‘lib, unda ishtirokchilar teng sheriklik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv tamoyillari asosida qiziqarli loyihalarni rejalashtiradi va takliflar ishlab chiqadi. Bu, ayniqsa, adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibi shakllanayotgan bugungi kunda juda muhim”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko.

Forumning biznes dasturi ayollarning sayyorada sodir bo‘layotgan global jarayonlardagi ishtirokiga bag‘ishlangan beshta tematik platformani o‘z ichiga oladi:
Ayollar tinchlik va ishonch uchun yangi kun tartibini shakllantirishda;
Ayollar yangi iqtisodiy voqelikda: texnologiya va innovatsiyalar;
Ayollar sog‘lom jamiyat va ijtimoiy farovonlik tarafdori;
Ayollar toza sayyora va oziq-ovqat xavfsizligi tarafdori;
Ayollar an’analar va madaniy xilma-xillikni saqlash tarafdori.
Forum doirasida birinchi marta BRIKS ayollar forumi, BRIKSga a’zo davlatlar ayollar ishlari bo‘yicha vazirlar yig‘ilishi va BRIKS ayollar biznes alyansi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ekologik ayollar loyihalari xalqaro tanlovi boshlanadi, BRIKS mamlakatlarida “Lider-ayol” ta’lim dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu yangiliklarning barchasi Rossiyaning BRIKSga raisligi bilan bog‘liq.
Dasturning muhim qismini xalqaro tashkilotlar va assotsiatsiyalar ishtirokidagi tadbirlar tashkil etadi. Masalan, “Tinchlik va ishonch uchun yangi kun tartibini shakllantirishda ayollarning missiyasi” parlamentlararo muloqoti, shuningdek, “Ayollar yigirmaligi” (W20) “Global bo‘lish: ayollar tashkilotlari va ko‘p tomonlama institutlar” ochiq yig‘ilishi.
Shuningdek, forum doirasida mavzuli va strategik sessiyalar, muhokamalar va muloqotlar, biznes nonushta va taqdimotlar, ma’ruzalar va davra suhbatlari – keng ko‘lamli dolzarb masalalarni qamrab oluvchi 100 tadan ortiq tadbir o‘tkaziladi.
Forum tashkilotchilari - Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi va MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo assambleyasi. Forum operatori — Roscongress fondi.
Yangiliklar lentasi
0