Endi Rossiyaning “MISiS” universiteti O‘zbekistonda xalqaro energetiklarni tayyorlaydi

© press-slujba MISISVpervie ucheniy iz Uzbekistana poluchil medal Minobrnauki Rossii
Vpervie ucheniy iz Uzbekistana poluchil medal Minobrnauki Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2024
Obuna bo‘lish
Kelasi yildan “MISiS” Fan va texnologiya universiteti O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlarni tayyorlashni boshlaydi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Endi O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi, deya xabar berdi "MISIS" Fan va texnologiya universiteti.
Qayd etilishicha, "MISIS" Fan va texnologiya universitetining Olmaliq filiali "Elektr energetikasi va elektrotexnika" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha litsenziya oldi.

“Endi filial kelajakda xalqaro darajadagi energetika xodimlarini tayyorlaydi! Abituriyentlarni qabul qilish keyingi 2025/2026 o‘quv yiliga rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Litsenziyalarni olish jarayoni talabalar shaharchasidagi sharoitlardan tortib, professor-o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini belgilashgacha bo‘lgan jarayon bir yildan ortiq mashaqqatli mehnatni talab etdi.
© Universitet nauki texnologiy "MISIS" Teper v Uzbekistane budut gotovit energetikov mirovogo urovnya
Teper v Uzbekistane budut gotovit energetikov mirovogo urovnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2024
Teper v Uzbekistane budut gotovit energetikov mirovogo urovnya

"Har bir jihat maxsus komissiya tomonidan o‘rganildi. Filial 2023-yil fevral oyida hujjatlarni topshirgan bo‘lsa, 2024-yil avgust oyiga kelibgina litsenziya berildi", — deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Shu bilan birga, ikki davlat prezidentlarining qarori bilan MISiS Fan va texnologiyalar universitetining Olmaliq filiali negizida Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi. Maktabda o‘quv jarayoni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Bo‘lajak talabalarni qabul qilish ham 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiriladi.
Rossiya ta’lim vaziri Valeriy FalkovningO‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
"Bu katta yutuq" — Falkov O‘zbekistondagi Rossiya OTMlarini yuqori baholadi
Yangiliklar lentasi
0