Toshkentda orfan kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishUzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2024
Obuna bo‘lish
Forumda 15 mamlakat ishtirokchilari kam uchraydigan kasalliklarni davolashni moliyalashtirish, shuningdek, genom texnologiyalardan foydalanishning axloqiy va huquqiy jihatlariga e’tibor qaratishadi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkentda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha “Chegara bilmas hamdo‘stlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir shu yilning 30-31 oktabr kunlari Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida jonli va onlayn formatda tashkil etiladi.
U 7500 nafardan ortiq soha mutaxassislari, O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlarning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari, professional tibbiyot hamjamiyatlari vakillarini birlashtiradi.
Forum dasturidan orfan kasalliklari diagnostikasi va davolash sohasida jahonning yetakchi mutaxassislari ishtirokidagi yalpi majlis, shuningdek, ikkita davra suhbati o‘rin olgan. Ulardan birinchisi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi vakillari bilan birgalikda ushbu kasalliklarni davolashni moliyalashtirish, ikkinchisi, fuqarolik jamiyati va turli konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kontekstida genomik texnologiyalarni tibbiyotda qo‘llash sohasidagi axloqiy va huquqiy masalalarni muhokamasiga bag‘ishlanadi.
Ma’lumot uchun, orfan yoki kam uchraydigan kasalliklar aholining kichik bir qismiga ta’sir qiladi (tarqalishi 100 000 kishiga 10 tadan kam). Ko‘pincha ular irsiy metabolik kasalliklar natijasida yuzaga keladi va tananing barcha a’zolari va tizimlariga alohida yoki murakkab ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday kasalliklarning paydo bo‘lishi gen, genomik yoki xromosoma mutatsiyalari tufayli mumkin.
Yangiliklar lentasi
0