Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi
09:30 11.09.2024 (yangilandi: 10:19 11.09.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi qurilmoqda.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uzunligi 11 kilometr, eni 86 metr bo‘lgan bu ko‘cha so‘nggi yillarda eng katta yo‘llardan biriga aylandi.
Loyihaga ko‘ra, ko‘chaning ikki tomonida milliy ruhga uyg‘un zamonaviy turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Sayilgoh va ko‘ngilochar maskanlar, piyoda va velosiped yo‘lakchalari tashkil etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yerda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi ham qurilmoqda.
“Bu galgi tashrif chog‘ida shu boradagi landshaft dizayni takliflari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikki tarafi yanada obod qilinadi. Chinor, eman, lola daraxti, katalpa, pisardiya, kiparis, hind nastarini, lavanda, Suriya atirguli kabi daraxt va butalar dekorativ shaklda ekiladi. Aeroport oldida ikkita favvora barpo etiladi. Umuman, bu hudud Toshkentning “yashil belbog‘i”ning bir qismi bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
Bu ulkan majmua kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda.
Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’aning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya shaharchasida bularning barchasi uchun sharoit bo‘ladi. Bugungi kunda asosiy inshootlarda jadal qurilish ketmoqda. Xususan, 12 ming o‘rinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qad ko‘tarib qolgan”, — deyiladi xabarda.
Mirziyoyev qulaylik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu jarayonlarni yuqori darajada raqamlashtirish, sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanish lozimligini ta’kidladi.
Olimpiya shaharchasida, shuningdek, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan ma’muriy bino, bog‘lar, sun’iy ko‘l barpo etiladi.
Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharchasidan samarali foydalaniladi.
Prezident ta’kidlaganidek, bu joy mamlakat sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi. Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerda joylashadi.
Bu yerda “aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi.