Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII tovarlar harakatiga 10-yillik cheklovlarni bekor qildi

© Press-slujba YeEKAntidempingovaya poshlina na podshipniki kacheniya iz KNR prodlena na pat let
Antidempingovaya poshlina na podshipniki kacheniya iz KNR prodlena na pat let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2024
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati Bojxona ittifoqi komissiyasi qarorini kuchini yo‘qotgan deb topdi
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 10-yil avval qabul qilingan aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror bilan vakolatli iqtisodiy operatorlarga (VIO) taqdim etilgan maxsus yengilliklar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar kiritilgan va 10-yildan ortiq vaqt davomida qo‘llanilgan.

"Ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan ma’lum toifadagi tovarlarga nisbatan yengilliklarni qo‘llash bo‘yicha cheklovning bekor qilinishi bunday tovarlarni import qiluvchi VIOlarning xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Makroiqtisodiy beqarorlik sharoitida, shu jumladan, logistikadagi qiyinchiliklarda bu Ittifoq biznesini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chorasidir”, — dedi YeIK bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Eldar Alisherov.

Qaror YeOIIda VIO institutini yanada rivojlantirishga, unga ko‘proq kompaniyalarni, shu jumladan, aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilarni jalb qilishga yordam beradi.
VIO - bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratini amalga oshirishda yengilliklar berilgan, ma’lum talablarga javob beradigan va risk darajasi past bo‘lgan guruhga kiruvchi shaxslarning alohida toifasi.
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2024
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeIK bilan davlat xaridlari sohasida muloqotni rivojlantirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0