Putinning Mo‘g‘ulistonga tashrifi: asosiy bayonotlar va kelishuvlar
15:40 03.09.2024 (yangilandi: 16:02 03.09.2024)
© Sputnik / Kristina Kormilisina / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Mongoliyu
© Sputnik / Kristina Kormilisina
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Mo‘g‘ulistonda IESni rekonstruksiya qiladi va kam quvvatli AES quradi.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrifi davomida e’lon qilingan asosiy bayonotlari va erishilgan kelishuvlar.
Rossiya prezidenti Mo‘g‘ulistonga tarixiy xotirani saqlagani va sovet askarlarining qabrlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Rossiya prezidenti Mo‘g‘ulistonga tarixiy xotirani saqlagani va sovet askarlarining qabrlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
️Rossiya va Mo‘g‘uliston Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shmoqda – ular harbiy-texnik hamkorlik va terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilmoqda.
Putin Mo‘g‘liston prezidentini Uxnaagiyn Xurelsuxni oktabrda Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklif qildi. U taklifni qabul qildi.
Rossiya energiya resurslari yetkazib berish bo‘yicha Mo‘g‘ulistonning ishonchli hamkori.
️Moskva Ulan-Bator bilan gaz sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida. Ayni damda Mo‘g‘uliston orqali Xitoyga gaz quvuri o‘tkazish loyihasi ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
️Mo‘g‘uliston va YeOII o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash eksport-import operatsiyalarining yanada o‘sishiga yordam beradi.
️Rossiya Mo‘g‘ulistonda rus tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Putin va Xurelsux Mo‘g‘ulistonni aviatsiya yoqilg‘isi bilan ta’minlash va Mo‘g‘uliston 3-issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Rossiya Mo‘g‘ulistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini quradi.
Xarxarum viloyatidagi kichik atom elektr stansiyasi loyihasining texnik tafsilotlarini amalda tasdiqladi. Birinchi bosqichda stansiya Rossiya kompaniyasi tomonidan boshqarilishi mumkin, dedi Rosatom rahbari Lixachov.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy tashrif davomida Rossiya prezidentiga bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, sport vaziri Mixail Degtarov, transport vaziri Roman Starovoyt, energetika vaziri Sergey Sivilov, tabiiy resurslar vaziri Aleksandr Kozlov, Rosatom rahbari Aleksey Lixachov, Rostex rahbari Sergey Chemezov, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova hamda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin, Buratiya rahbari Aleksey Sidanlar hamrohlik qilishmoqda.