Rossiyaga borayotgan fuqarolar ogohlantirildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova
Passajiri v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda Rossiya aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari kuzatilmoqda.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan fuqarolarga ogohlashtirish bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.
“Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi so‘raladi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etiladi.
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII to‘g‘risidagi shartnoma ittifoq mamlakatlari ishchilariga qanday imtiyozlar beradi?
Yangiliklar lentasi
0