Mirziyoyev va Aliyev Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi — batafsil

© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Obuna bo‘lish
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ko‘ksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o‘tkazdilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari Ozarbayjon prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini alohida ta’kidladi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
“Bugun biz Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolaymiz. Bir necha yil davomida biz birgalikda O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasiga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldik”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni ilgari surish va uni aniq mazmun bilan boyitishning samarali mexanizmiga aylanishi lozim bo‘lgan Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yetakchilar ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Tashrif doirasida prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va yangi kooperatsiya loyihalariga start beriladi.
Kelgusi yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi nishonlanadi. Davlati rahbari ushbu qutlug‘ sanani keng nishonlash maqsadida tadbirlar dasturi va bir yilga mo‘ljallangan Idoralararo muloqot va almashinuvlar rejasini tayyorlashni taklif etdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Bundan tashqari, kelgusi yilni O‘zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy kooperatsiyasi yili deb e’lon qilish va 20 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan kompleks dasturni qabul qilishga kelishib olindi. Tovar ayirboshlash hajmini bir necha barobar oshirish va sanoat kooperatsiyasining yangi bosqichiga o‘tish, jumladan, uchinchi davlatlardagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi: umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi. Bu energetika, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va boshqa yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalaridir. O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya kompaniyasi bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida samarali ish olib borayotgani qayd etildi.
Transport-kommunikatsiya, energetika va boshqa infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan ko‘p tomonlama asosda amalga oshirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Tomonlar aviaqatnovlar sonini oshirish, yer usti va havo transporti bo‘yicha tartib-taomillarni imkon qadar yengillashtirish, raqamli yechimlarni joriy etishga kelishib oldilar.
Hududlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. 2025-yilga mo‘ljallangan alohida Hududlararo hamkorlik rejasi, ikki mamlakat hududlarining sanoat salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha sheriklik dasturini qabul qilish hamda navbatdagi Hududlar forumini Qo‘qon shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
Davlat rahbarlari madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va axborot siyosati, sport sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Prezidentlarning farmonlari bilan taniqli madaniyat arboblari Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga ikki mamlakat “Xalq artistlari” unvoni berilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbari ikki mamlakat yetakchi universitetlari rektorlarining muntazam uchrashuvlari mexanizmini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma media forumini o‘tkazish taklifini bildirdi. O‘zaro sayyohlar oqimini, gumanitar va biznes almashinuvlarni ko‘paytirish maqsadida poytaxtlarda turizm va ishbilarmonlik majmualarini qurish istiqbollari ham muhokama qilindi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli vstrechu v uzkom sostave i pervoe zasedanie Visshego mejgosudarstvennogo soveta
Ikki tomonlama munosabatlarni axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik salohiyatini chuqur tahlil qilish va yuzaga chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.
Yig‘ilish yakunida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga qaror qilindi.
V rezidensii Kuksaroy sostoyalas torjestvennaya seremoniya vstrechi Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxama Aliyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Ozarbayjon prezidenti tantanali kutib olindi — foto
Yangiliklar lentasi
0