Mirziyoyev: O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi kelajagi biznesga bog‘liq

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Obuna bo‘lish
Bunday shaklda ilk bor o‘tkazilayotgan tadbir ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi bosqichni boshlab berishi qayd etildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Ozarbayjonning “PASHA Holding”, SOCAR, SOFAZ, “Agalarov Development”, “Silk Way Group”, “Matanat”, “Sarda Group”, “AzerGold”, “Azermash”, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, "Ozarbayjon temir yo‘llari", "Alyat" erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.
“Sizlar innovatsiyalarni dadillik bilan joriy etib, korxonalar va ish o‘rinlarini yaratib, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘layapsiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov
Bunday shaklda ilk bor o‘tkazilayotgan tadbir ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi bosqichni boshlab berishi qayd etildi.
“Biz davlatlararo hamkorlikning eng yuqori bosqichiga chiqdik va O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida amalda yangi sahifa ochdik”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Muzokaralarning asosiy yakunlari sifatida mamlakatlarda biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, birgalikda tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani ta’kidlandi.
Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari tomonidan e’lon qilingan Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasidagi muhim vazifalarni amalga oshirishda aynan biznes asosiy drayver bo‘lishi va hal qiluvchi rol o‘ynashi kerakligini alohida ta’kidladi.
“Biz hurmatli Ilhom Haydarovich bilan bir fikrdamiz: hamkorlik kelajagi biznesga bog‘liq, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning ertangi kuni sizlarga bog‘liq”, - deya xulosa qildi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari tadbirkorlarning samarali va qulay faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishini ta’kidladi. O‘z navbatida, ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlariga minnatdorlik bildirib, yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalari haqida ma’lumot berdilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev proveli sovmestnuyu vstrechu s delovimi krugami dvux stran i zapustili rad sovmestnix proyektov
Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar. Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda to‘qimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.
Prezidentlar ushbu loyihalarga start berib, ular o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev podpisali Dogovor o soyuznicheskix otnosheniyax i prinyali Reshenie pervogo zasedaniya Visshego mejgosudarstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
Yangiliklar lentasi
0