O‘zbekiston va afg‘onistonlik tadbirkorlar uchrashdi
10:00 18.08.2024 (yangilandi: 11:50 18.08.2024)
© Bekzod XidoyatovV ramkax vizita pravitelstvennoy delegatsii Uzbekistana v Afganistan v gorode Kabule sostoyalas vstrecha s biznesmenami dvux stran
© Bekzod Xidoyatov
Obuna bo‘lish
Qobulda Abdulla Aripov hamda Abdul G‘ani Barodar afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi, deya xabar berdi bosh vazir matbuot xizmati.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar Qobulda afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv Afg‘oniston bilan yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda quyidagilar ma’lum qilindi:
Joriy yil 1-oktabrdan ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi.
Ushbu hujjat doirasida kelishilgan 14 xil mahsulotga import bojlari bekor qilinadi va eksportorlar uchun qulaylik yaratiladi.
Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini yanada oshirish maqsadida fitosanitar ruxsatnoma berish tartibi yengillashtirildi.
1 avgustdan Ayritom-Xayraton chegara posti 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi.
Xalqaro Termiz savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi va barcha soliqlardan ozod etiladi.
Afg‘onistonlik tadbirkorlarni mamlakatda faol ishlashi uchun ikki davlat o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘onistonga tashrifi davomida o‘zaro manfaatli muloqotni muntazam davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
"O‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga solinmagan resurslarni o‘zaro manfaatli asosda amaliyotga izchil tatbiq etish lozimligi alohida ta’kidlandi", —deyiladi xabarda.
Uchrashuv so‘nggida qator hujjatlar imzolandi.
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanV ramkax vizita pravitelstvennoy delegatsii Uzbekistana v Afganistan v gorode Kabule sostoyalas vstrecha s biznesmenami dvux stran
V ramkax vizita pravitelstvennoy delegatsii Uzbekistana v Afganistan v gorode Kabule sostoyalas vstrecha s biznesmenami dvux stran
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Qolaversa, Qobulda O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes forumi hamda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.