Ukraina Belarus bilan chegarada harbiy guruh joylashtirdi — Lukashenko

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov RF i Belorussii V. Putina i A. Lukashenko,
Vstrecha prezidentov RF i Belorussii V. Putina i A. Lukashenko, - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2024
Obuna bo‘lish
Lukashenko: Belarus Rossiya Federatsiyasiga snaradlar yetkazib berishda yordam bermoqda.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Agar Kiyev va Moskva muzokaralar stoliga o‘tirmasa, Ukrainaning yo‘q bo‘lishi bilan yakunlanadigan keskinlashuv yuzaga keladi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’ulum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Muzokaralar stoliga o‘tirib, masalalarni muhokama qilish kerak. Ammo agar bu Kurskdagi kabi sodir bo‘lsa, bu Ukrainaning vayron bo‘lishi bilan yakunlanadigan keskinlashuv bo‘ladi”, — dedi Lukashenko.
Uning qayd etishicha, respublika Rossiya Federatsiyasiga snaradlar yetkazib berishda yordam bermoqda.
“Bizni G‘arbda... (va) ukrainaliklar qoralashadi: “Siz Rossiyaga yordam berapsiz”. Nega yordam bermasligimiz kerak?... Biz (Lukashenko va teleboshlovchi Olga Skabeyeva – tahr.) o‘q-dorilar ishlab chiqariladigan korxonaga bordik va u biz Rossiyaga yetkazib berayotgan o‘q-dorilar, raketalarni ko‘rdi... Biz hech narsani yashirmayapmiz. Urush ketapti, ittifoqchimiz kurashmoqda”, dedi Lukashenko.
Uning fikricha, Ukraina bo‘yicha muzokaralar Istanbulda tugagan joydan boshlanishi kerak.
“Keling, muzokaralar stoliga o‘tirib, kurashni to‘xtataylik – bu na ukrain xalqiga, na ruslarga, na belaruslarga kerak... Biz muzokaralar stoliga o‘tirishimiz kerak, darhol savol - qayerdan boshlash kerak. Istanbulda to‘xtagan joydan boshlash to‘g‘ri”, — dedi u.
U shuningdek, Ukraina dronlari Belorusning janubi-sharqiy chegarasini doimiy ravishda buzib kelayotganini aytdi. U Belarus chegaralarini qo‘riqlash uchun reaksiyaga kirishishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.
“Chegara har qachongidan ham minalangan”, — dedi u “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.
Unga ko‘ra, Kiyev chegarada 120 ming askar joylashtirgan. Bunga javoban Minsk o‘z kuchlarini butun chegara bo‘ylab joylashtirdi. Lukashenko ta’kidlaganidek, uni kesib o‘tish katta yo‘qotishlarga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0