Siyosiy partiyalar Markaziy saylov komissiyasiga imzo varaqalarini taqdim etdi

© Press-slujba SIK UzbekistanaPartii Uzbekistana napravili v SIK zayavleniya o dopushenii k uchastiyu v viborax
Partii Uzbekistana napravili v SIK zayavleniya o dopushenii k uchastiyu v viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2024
Obuna bo‘lish
Imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi besh kunlik muddatda tekshirib chiqiladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Joriy yilning 16-17 avgust kunlari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan saylovda ishtirok etishga ijozat berish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga “E-saylov” axborot tizimi orqali murojaat yuborildi hamda to‘plangan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun topshirildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi MSKning ekspert guruhlari tomonidan besh kunlik muddatda tekshirib chiqiladi.
Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishi va deputatlikka nomzod ko‘rsatishi uchun saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan va o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. Qonunchilikka ko‘ra, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan to‘plangan saylovchilarning imzolari, respublika bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan imzolarning ko‘pi bilan sakkiz foizini tashkil etishi lozim.
31 iyul kuni MSK tomonidan Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyaning ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash uchun har bir siyosiy partiyaga imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar shu kundan boshlab o‘z partiyasining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to‘plashga kirishdilar.
V Uzbekistane sozdali izbiratelnie okruga po viboram v Zakpalatu Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2024
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylov okruglari tuzildi — batafsil
Yangiliklar lentasi
0