Parij-2024: O‘zbekistonning oltin medallari soni oshdi

© NOK UzbekistanaBokser Abdumalik Xalokov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
Bokser Abdumalik Xalokov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Obuna bo‘lish
Terma jamoa hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 8 ta oltinni tashkil etdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medalga erkin kurashchi Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvon chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
© NOK UzbekistanaBores volnogo stilya Razambek Djamalov zavoyeval zoloto na Olimpiade v Parije.
Bores volnogo stilya Razambek Djamalov zavoyeval zoloto na Olimpiade v Parije. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Bores volnogo stilya Razambek Djamalov zavoyeval zoloto na Olimpiade v Parije.
Abdumalik Xalokov O‘zbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi.
© NOK UzbekistanaBokser Abdumalik Xalokov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
Bokser Abdumalik Xalokov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Bokser Abdumalik Xalokov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ymoqda. Buxorolik sportchi chempionlik jangida Qirg‘iziston vakili Munarbek Seitbek o‘g‘lini yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
© NOK UzbekistanaBoxodir Jalolov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
Boxodir Jalolov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Boxodir Jalolov zavoyeval zoloto Olimpiyskix igr.
Mahoratli bokschi Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida final janglariga ajoyib nuqta qo‘ydi. Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan Jalolov chempionlik jangida ispaniyalik Ayub G‘adfani o‘zining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.
© NOK UzbekistanaSvetlana Osipova zavoyevala serebro Olimpiyskix igr.
Svetlana Osipova zavoyevala serebro Olimpiyskix igr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Svetlana Osipova zavoyevala serebro Olimpiyskix igr.
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchimizga aylandi. U shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan final bahsida mezbonlar vakili, sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Alteya Lorenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
"Ushbu natijadan keyin terma jamoa hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda", — deyiladi xabarda.
© NOK UzbekistanaUzbekskie bolelshiki na Olimpiyskix igrax v Parije.
Uzbekskie bolelshiki na Olimpiyskix igrax v Parije. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2024
Uzbekskie bolelshiki na Olimpiyskix igrax v Parije.
Parij Olimpiadasida boks bo‘yicha musobaqalar finalida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov muxlislari O‘zbekiston bayrog‘i bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bayroqlarini ham ko‘tarib turishdi.
Yangiliklar lentasi
0