Parij-2024: Yusupovda bronza, Jalolov va Do‘smatov yarim finalda

© NOK UzbekistanaSedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi
Sedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzudochi Alisher Yusupov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
© NOK UzbekistanaSedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi
Sedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2024
Sedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi
Shuningdek, boks bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan Jalolov chorak finalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi. Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelvie Tiafakka qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yo‘l oldi. Do‘smatov chorak finalda o‘zining azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Saken Bibossinovni mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi.
© NOK UzbekistanaSedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi
Sedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2024
Sedmoy den Olimpiadi: kak vistupili uzbekistansi
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bugungi kuni doirasida velosportchilar ham bahslarga kirishadi. Qayd etilishicha, so‘nggi pallada terma jamoa tarkibida o‘zgarish bo‘lib, Dmitriy Bocharov o‘rniga jismoniy holati bugungi kunda yuqoriroq bo‘lgan Nikita Svetkov ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Batafsil:
© NOKV ramkax segodnyashnego dnya letnix Olimpiyskix igr Parij-2024 takje v sorevnovaniyax budut uchastvovat predstaviteli velosporta
V ramkax segodnyashnego dnya letnix Olimpiyskix igr Parij-2024 takje v sorevnovaniyax budut uchastvovat predstaviteli velosporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2024
V ramkax segodnyashnego dnya letnix Olimpiyskix igr Parij-2024 takje v sorevnovaniyax budut uchastvovat predstaviteli velosporta
Yangiliklar lentasi
0