https://oz.sputniknews.uz/20240731/xarris-isroil-bayrut-hujum-44993958.html
Xarris Isroilning Bayrutga hujumini qo‘llab-quvvatlaydi
Xarris Isroilning Bayrutga hujumini qo‘llab-quvvatlaydi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh vitse-prezidenti Xarris: Isroil o‘zini “Hizbulloh”dan himoya qilish huquqiga ega. 31.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-31T11:14+0500
2024-07-31T11:14+0500
2024-07-31T11:14+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
isroil
aqsh
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1b/26565591_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_81c8e686ff591330ff97982761c38da3.jpg
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Bayrut hujumi munosabati bilan Isroil o‘zini “Hizbulloh”dan himoya qilish huquqiga ega ekanligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti. Xarris "bu hujumlarni tugatishga olib keladigan diplomatik yechim yo‘lida harakat qilish kerakligini" ta’kidladi. Seshanba kuni Bayrutning janubiy chekkasida Isroil havo hujumi uyushtirildi. Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxtiga hujum “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilganini tasdiqladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Livanga bergan zarbalarini xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/1b/26565591_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6e7edb5cb0a7c291c7b69cf69493eb5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, isroil, aqsh, falastin
dunyo yangiliklari, dunyoda, isroil, aqsh, falastin
Xarris Isroilning Bayrutga hujumini qo‘llab-quvvatlaydi
AQSh vitse-prezidenti Xarris: Isroil o‘zini “Hizbulloh”dan himoya qilish huquqiga ega.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Bayrut hujumi munosabati bilan Isroil o‘zini “Hizbulloh”dan himoya qilish huquqiga ega ekanligini aytdi, deb yozmoqda
RIA Novosti. "Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega va men Isroilning xavfsiz qolish va xavfsizligini himoya qilish huquqini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayman. Xususan, u terror tashkilotlaridan o‘zini himoya qilish huquqiga ega, bu “Hizbulloh” ekanligini bilamiz”, — dedi Xarris jurnalistlarga.
Xarris "bu hujumlarni tugatishga olib keladigan diplomatik yechim yo‘lida harakat qilish kerakligini" ta’kidladi.
Seshanba kuni Bayrutning janubiy chekkasida Isroil havo hujumi uyushtirildi. Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxtiga hujum “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilganini tasdiqladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Livanga bergan zarbalarini xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.