https://oz.sputniknews.uz/20240729/uzbekistan-kyrgyzstan-chegara-post-44980371.html
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi ikkita bojxona postini 24/7 rejimiga o‘tkazdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi ikkita bojxona postini 24/7 rejimiga o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
“Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazildi. 29.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-29T18:15+0500
2024-07-29T18:15+0500
2024-07-29T18:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
chegara
bojxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/1d/44980193_32:0:1056:576_1920x0_80_0_0_3fad7bdd12fc14a5c4d50fb71b669d94.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Shohimardonga kirishda joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti endi tunu kun ishlaydi, deya xabar berdi bojxona qo‘mitasi.Qayd etilishicha, 26-iyulidan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazildi.Xabarda ushbu yangilik mamlakatda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga turtki bo‘lishi aytilgan.Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida tomonlar ikkala davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanish masalasini ko‘rib chiqishgan edi. Shundan so‘ng, ikki davlat bojxona hamda chegara xizmati rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlari faoliyatini birgalikda ko‘zdan kechirib, yangi bojxona postlarini tashkil etish va mavjudlaridan samarali foydalanish, bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olish borasida mavjud imkoniyatlarni tahlil qilishdi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/1d/44980193_160:0:928:576_1920x0_80_0_0_8747e8a4461872f0b9a029b660687624.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara, bojxona
jamiyat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara, bojxona
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi ikkita bojxona postini 24/7 rejimiga o‘tkazdi
“Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazildi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Shohimardonga kirishda joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti endi tunu kun ishlaydi, deya xabar berdi
bojxona qo‘mitasi. Qayd etilishicha, 26-iyulidan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazildi.
“Endilikda Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar ushbu bojxona obyektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar”, — deyiladi xabarda.
Xabarda ushbu yangilik mamlakatda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga turtki bo‘lishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida tomonlar ikkala davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanish masalasini ko‘rib chiqishgan edi.
Shundan so‘ng, ikki davlat bojxona hamda chegara xizmati rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlari faoliyatini birgalikda ko‘zdan kechirib, yangi bojxona postlarini tashkil etish va mavjudlaridan samarali foydalanish, bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olish borasida mavjud imkoniyatlarni tahlil qilishdi.