Isroil G‘azo sektoridagi operatsiyasini yakunlaydimi — ekspert javobi

© AP Photo / Israel Defense ForcesIzrailskie voyennie vo vremya nazemnoy operatsii v sektore Gaza.
Izrailskie voyennie vo vremya nazemnoy operatsii v sektore Gaza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2024
Obuna bo‘lish
Isroil HAMAS bilan sulh tuzishga rozi bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Livan jabhasida kuchlarni jamlash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi (GÜVSAM) direktori, Istanbul universiteti professori, iste’fodagi general Faxri Erenel RIA Novostiga ma’lum qildi.
Avvalroq "New York Times" gazetasi manbalarga tayanib, muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yumshatishini ta’kidlamoqda, deya xabar bergan edi.
“Aftidan, Isroil G‘azo sektoridagi operatsiyasini yakunlamoqda, Netanyaxu AQShga so‘nggi safari chog‘ida AQShning amaldagi prezidenti va nomzodlaridan yordam so‘ragan. Shu nuqtayi nazardan, Netanyaxu butun harbiy kuchni mamlakat shimoliga o‘tkazish uchun HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha jiddiy qadamlar qo‘yishi mumkin”, — dedi Erenel.
Uning fikricha, Livanga qarshi operatsiya boshlansa, Fransiya, Eron va Rossiya Federatsiyasi vaziyatga aralashishi mumkin, xususan, Moskva buni Vashington manfaatlari yo‘lida AQSh tomonidan O‘rtayer dengizi sharqida uyushtirilgan operatsiya sifatida ko‘radi.
Mutaxassis Isroil Livanga bostirib kirish uchun bahona topish maqsadida bosib olingan Jo‘lon tepaliklaridagi sport maydonchasiga zarba berish bilan provokatsiya uyushtirishi yoki razvedka xatosi yuz berishi mumkinligini inkor etmadi.
"Hizbulloh bunday zarbaga javoban qanday reaksiya bo‘lishi mumkinligini yaxshi biladi", — dedi ekspert.
Erenel, Jo‘lon tepaliklarida Isroil armiyasining eng muhim razvedka va ma’lumotlar tahlil markazlaridan biri joylashganligini ta’kidladi.
Livanning “Hizbulloh” harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Livan janubida muzokaralarsiz o‘t ochishni to‘xtatadi, dedi harakat bosh kotibi Hasan Nasrulloh 10-iyul kuni.
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2024
Netanyaxuning hayoti Gitlerniki kabi tugaydi — Turkiya TIV
Yangiliklar lentasi
0