Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII to‘g‘risidagi shartnoma ittifoq mamlakatlari ishchilariga qanday imtiyozlar beradi?

© Sputnik / Aleksandr KondratukFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2024
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ishchilarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari fuqarolariga integratsiya jarayonlarining afzalliklarini haqiqatda his qilish imkonini beradi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Ittifoq to‘g‘risidagi shartnoma Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona mehnat bozorida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov “Rossiyskaya gazeta”ga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq doirasidagi mehnat migratsiyasi YeOII davlatlari o‘rtasidagi integratsion hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi, chunki u ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qilish, ishsizlik darajasini pasaytirish va inflyatsiyani jilovlash imkonini beradi.
Ijtimoiy, tibbiy va pensiya ta’minotidan tashqari, YeOIIda bir qator imtiyozlar qo‘llaniladi.
“Masalan, kvotalar bekor qilinadi, ishlash uchun ruxsatnoma olish sharti yo‘q. Aksariyat mutaxassisliklar bo‘yicha ishga joylashish uchun ta’lim diplomlarining o‘zaro tan olinishi ta’minlanadi. Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish bo‘yicha yagona shartlar ishning 1-kunidan boshlab taqdim etiladi. Yagona qidiruv tizimi” “Chegarasiz ish” fuqarolarga o‘z yashash joyidan chiqmasdan, o‘zlariga munosib ish qidirish, ish beruvchilarga esa Ittifoqning boshqa mamlakatlarida talab qilinadigan ishchilarni qidirish imkonini beradi”, — dedi Sultanov.
Uning ta’kidlashicha, ishchilarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari fuqarolariga integratsiya jarayonlarining afzalliklarini haqiqatda his qilish imkonini beradi:
Ittifoqning integratsiya makonida ishchilarning ijtimoiy va mehnat huquqlari ta’minlanishi tufayli 2016-yildan boshlab mehnat migratsiyasi hajmi ikki barobarga oshdi: 0,8 million fuqarodan 1,7 million fuqaroga;
YeOIIga a’zo barcha davlatlarda nominal va real o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish sur’ati kuzatilmoqda.
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII O‘zbekistonga Qirg‘iziston va ittifoq mamlakatlari bilan hamkorlik qilishda yordam beradi
Yangiliklar lentasi
0