Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
Obuna bo‘lish
Prezidentlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Muloqotda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

"Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi",— deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining shu yil 26-28 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Rabochiy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2024
"Hamkorlikni rivojlantirishdagi shaxsiy hissangiz beqiyosdir" — Putin Mirziyoyevni tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0