O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmini 31,8 mlrd dollarga yetkazdi

Obuna bo‘lish
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Koreyada qayd etilgan.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekiston 6 oyda 186 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 31,8 mlrd dollarga yetkazgan.
“Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,5 %), Rossiya (18,1 %), Qozog‘iston (6 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,4 %) qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
Eksport – 13 mlrd (5,5 % ga oshgan)
Import – 18,8 mlrd (10,6 % ga oshgan)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, umuman olganda, shu yilning birinchi yarmi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qulay bo‘ldi. Tadbirkorlik va investitsion faollik jadal dinamikaga erishish imkonini berdi.
Yilning birinchi yarmida asosiy savdo hamkorlari hisoblangan mamlakatlar iqtisodiyotida ijobiy dinamika kuzatildi. Qozog‘istonda YaIM 3,3%ga, Qirg‘izistonda 8,1%ga o‘sdi. Xitoy iqtimodiyoti ko‘rib chiqilayotgan davrda 5%ga o‘sdi. Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyada YaIM 5%ga o‘sdi.
Yangiliklar lentasi
0