Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston va Gruziyaning eng muvaffaqiyatli iqtisodiy loyihalari qaysilar – ekspert javobi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Jorilla Abdullayev: hukumatlar o‘rtasida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u barcha muammolar, mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni hal qiladi.
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Gruziyaning geosiyosiy diversifikatsiyasi: Markaziy Osiyoning roli” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Norma” kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayev Tbilisi-Bishkek-Toshkent videoko‘prigida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi qo‘shma iqtisodiy loyihalar haqida gapirdi.
Ekspertning fikricha, iqtisodiyot rivojlanayotgan bo‘lsa, qo‘shni mamlakatlar doim do‘stona munosabatda bo‘ladi.
“Birinchidan, agar 2022-yil uchun statistik ma’lumotlarni oladigan bo‘lsak, Gruziya bilan tovar ayirboshlashimiz 170 million dollarni tashkil etdi. Ularning 120 millioni Gruziya eksporti, 50 millioni esa importi. 2023-yilda ham shunga o‘xshash raqamlar. So‘nggi ikki yilda 2017 va 2016-yillarga nisbatan tovar ayirboshlash ikki baravar ko‘paydi. Hukumatlarimiz 2030-yilgacha tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazish maqsadiga erishdi”, — deya qayd etdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumatlar o‘rtasida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u barcha muammolar, mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni hal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0