Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Bir kechada 27 ta Ukraina droni yo‘q qilindi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishProvedenie spetsoperatsii VS RF v yujnom napravlenii.
Provedenie spetsoperatsii VS RF v yujnom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2024
Obuna bo‘lish
Rostov viloyati hududi uzra 26 ta dron, Smolensk viloyati hududida bitta dron yo‘q qilindi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya hududi uzra 27 ta Ukraina dronlarini urib tushirdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan tun mobaynida Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishga uringanida, navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov viloyati hududi uzra 26 ta dronni yo‘q qildi va tutib oldi. Smolensk viloyati hududida bitta dron yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning so‘zlariga ko‘ra, dron hujumidan hech kim jabrlanmagan.
Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxinning aniqlik kiritishicha, dron Smolensk viloyatida urib tushirilgan. Bu yerda ham qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Ukraina Qurolli kuchlari deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman dronlarini muvaffaqiyatli tutib olmoqda.
Voyennoslujashie voorujennix sil Ukraini, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Qurolli kuchlari Xarkov yo‘nalishida chekinmoqda
Yangiliklar lentasi
0