Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma bayonot imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov podpisali Sovmestnoe zayavlenie
Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov podpisali Sovmestnoe zayavlenie   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2024
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov podpisali Sovmestnoe zayavlenie   - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov podpisali Sovmestnoe zayavlenie   - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov podpisali Sovmestnoe zayavlenie   - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev i Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov podpisali Sovmestnoe zayavlenie   - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:
Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;
Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma;
Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
2024-2030 yillarda o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
2024-2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
2024-2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
2024-2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirg‘iz Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti o‘rtasidagi memorandum va boshqalar.
V rezidensii Kuksaroy sostoyalas torjestvennaya seremoniya vstrechi Prezidenta Kirgizskoy Respubliki Sadira Japarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2024
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ko‘ksaroyda muhokama qilgan mavzular
Yangiliklar lentasi
0