Sadir Japarov O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta KirgizstanaSoveshanie po obsujdeniyu voprosa sifrovizatsii obrazovaniya KR
Soveshanie po obsujdeniyu voprosa sifrovizatsii obrazovaniya KR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2024
Obuna bo‘lish
Japarov Shavkat Mirziyoyev bilan barcha sohalardagi hamkorlik va qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.
Bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Ayni kunlarda O‘zbekistonda biznes forumi, rektorlar forumi, Qirg‘iziston madaniyati kunlari va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Sostoyalos ocherednoe zasedanie Mejparlamentskoy komissii po sotrudnichestvu mejdu Oliy Majlisom Respubliki Uzbekistan i Jogorku Keneshem Kirgizskoy Respubliki
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0