Natijalar va ustuvor vazifalar: Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
18:01 17.07.2024 (yangilandi: 18:45 17.07.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari yig‘ilishda ko‘proq mummolar bo‘yicha gapirib, aniq reja va vazifalarni belgilash zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari yig‘ilishda ko‘proq mummolar bo‘yicha gapirib, aniq reja va vazifalarni belgilash zarurligini ta’kidladi.
“Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan, barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishayapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etayapti. Lekin, bugun kamchiliklarni ko‘rsatib, zaxiralarni ishga solish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olsak, foydali bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie
Pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Birinchi bo‘lib, iqtisodiyot, moliya, soliq, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi.
Budjetga tushumlarni ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Korxonalar va tadbirkorlarga ko‘mak berib, daromadini oshirish orqali soliq tushumini ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi. Tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan mas’ullar jazolanishi haqida qat’iy ogohlantirildi. Xususiylashtirish dasturining bajarilishi, yirik korxonalarda tannarxni pasaytirish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Endi tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkichi bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati uzaytirilishi yoki bekor qilinishi aytildi.
Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llandi. Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlari lavozimidan ozod qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masalalar transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari bo‘yicha bo‘ldi.
Qurilishda tannarxni pasaytirish masalasi tahlil qilindi. Yer va qurilish materiallaridan tashqari loyihani kelishish, maxsus texnik shartlar olishdagi qiyinchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Sifat va tartibni kuchaytirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkazilib, vakolatlari kengaytiriladi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
Yangi loyihalarda tadbirkorlar uchun elektr va gazdan texnik shartlar olish raqamlashtiriladi. Bunda tarmoqqa ulanish nuqtasini inson omilisiz avtomatlashgan tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi.
Jamoat transportida elektron to‘lov tizimini to‘liq joriy qilish, barcha viloyat markazlarida yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Davlat rahbari bu yo‘nalishlarga birma-bir to‘xtalib, kechikayotgan loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu ishlarning ijtimoiy ahamiyatini, ularni odamlar o‘z hayotida sezishi kerakligini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie
Pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoe soveshanie
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda investitsiya, eksport va qishloq xo‘jaligidagi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlariga hududlardagi 50 milliard dollarlik 200 ta yirik loyihani tahlil qilib, tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. Hududiy korxonalarning kooperatsiya portalidagi ishtirokini jonlantirish muhimligi aytildi.
Davlat rahbari eksportni ko‘paytirish uchun yangi urug‘ navlarini O‘zbekistonda yaratish kerakligini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Xitoy va Turkiya tajribasi asosida urug‘chilik tizimini qayta ko‘rib chiqib, ekinlar gen bankini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
75 ming gektar samarasiz bog‘lar hamda 100 ming gektar past hosilli yerlar o‘rnida sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar barpo qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi. Bunday bog‘lar uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi orqali imtiyozli kredit ajratiladi.
Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rildi.
Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirilishi, bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga berilishi belgilandi. Iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori klasterlarning maqomi qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirlar va hokimlar hisobot berdi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha yil yakunigacha mo‘ljallangan rejalar bayon etildi.