Futbol: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi

© NOKOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu provela tovarisheskiy match v Nisse
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu provela tovarisheskiy match v Nisse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2024
Obuna bo‘lish
Timur Kapadze qo‘l ostidagi jamoa Fransiyaning “Reysing Grass” klubiga qarshi maydonga tushdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Fransiyaning Nissa shahrida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. “Reysing Grass” klubiga qarshi kechgan o‘yinda Timur Kapadze shogirdlari 5:0 hisobida g‘alaba qozonishga erishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha, 15-iyul kuni Gvineya olimpiyachilariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, Gvineya jamoasi mazkur o‘yinda ishtirok eta olmasligini bildirgan.
O‘FA qisqa fursat ichida mazkur o‘rtoqlik o‘yini uchun boshqa raqib topish ustida ish olib bordi. Unga ko‘ra, Timur Kapadze qo‘l ostidagi jamoa Fransiyaning “Reysing Grass” klubiga qarshi maydonga tushdi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida so‘nggi nazorat o‘yinini 18-iyul kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0