Trampga suiqasd: video va tafsilotlar

© RIA Novosti . AP Photo / Gene J. PuskarStrelba na predvibornom mitinge Donalda Trampa
Strelba na predvibornom mitinge Donalda Trampa
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Obuna bo‘lish
Trampning qulog‘i o‘qdan yaralangan, hayoti xavf ostida emas. Suiqasdni uyushtirgan shaxs xavfsizlik xodimlari tomonidan otib tashlangan.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Pensilvaniyada prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd qilindi. Buning natijasida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi esa og‘ir yaralangan.
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Pensilvaniyada nutqi vaqtida otishma sodir bo‘ldi. U o‘z tarafdorlari oldidagi nutqini to‘xtatdi va siyosatchi qonli qulog‘i bilan sahnani tark etdi, voqea mahalliy telekanallar tomonidan namoyish etildi.
Videoda siyosatchini qanday qilib qo‘riqchilar olib ketayotgani, uning qulog‘i qonga belangani aks etgan. Uning nutqi atigi bir necha daqiqa davom etdi. Siyosatchi noqonuniy migratsiya muammolari haqida gapirayotgan edi. To‘satdan o‘q ovozlari eshitildi, shundan so‘ng sahnada bo‘lgan Tramp jim bo‘lib, qo‘lini qulog‘iga qo‘yib, o‘tirib oldi. Tansoqchilar uni o‘rab olishdi.
© RIA Novosti . AP Photo / Evan VucciStrelba na predvibornom mitinge Trampa
Strelba na predvibornom mitinge Trampa
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Strelba na predvibornom mitinge Trampa
Bir necha daqiqadan so‘ng, xavfsizlik xodimlari sobiq prezidentni sahnadan kuzatib qo‘yishdi, uning o‘ng qulog‘i qonga belangan edi.
© RIA Novosti . AP Photo / Evan VucciStrelba na predvibornom mitinge Trampa
Strelba na predvibornom mitinge Trampa
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Strelba na predvibornom mitinge Trampa
AQSh prezidentligiga nomzodning matbuot kotibi Stiven Chunning ma’lum qilishicha, siyosatchi Pensilvaniya shtatidagi kasalxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Keyinroq Tramp qulog‘i yaralanganini, ko‘p qon yo‘qotganini aytdi.
AQSh Maxfiy xizmati sahna tomon bir necha marta o‘q uzgan gumonlanuvchini o‘ldirganini ma’lum qilgan. Otishmada bir tomoshabin halok bo‘ldi, yana ikki nafari og‘ir yaralandi.

"AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp mitingida otishma sahnadan 100 metr uzoqlikda joylashgan tashkilot tomida yashiringan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks tomonidan sodir etilgan", deb yozadi OAV .

Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, otishmada AR tipidagi quroldan foydalanilgan. Tergov suiqasd sabablarini hozircha aniqlamadi, dedi Federal qidiruv burosi vakili.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp mitingida yuz bergan otishmani qoraladi va unga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. AQSh prezidenti Jo Bayden Trampning tuzalib ketishi uchun ibodat qilayotganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0