Mirziyoyev Trampga suiqasd haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi — Asadov

© press-slujba prezidenta Uzbekistana V Kuvinskom rayone 12-iyulya sostoyalos soveshanie po prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Ferganskoy oblasti.
V Kuvinskom rayone 12-iyulya sostoyalos soveshanie po prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Ferganskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Obuna bo‘lish
Sherzod Asadov: Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi", — deyiladi xabarda.
Uning qayd etishicha, davlat rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.
Strelba na predvibornom mitinge Donalda Trampa
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Trampga suiqasd: video va tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0