Prezident Farg‘ona viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi

© press-slujba prezidenta Uzbekistana V Kuvinskom rayone 12-iyulya sostoyalos soveshanie po prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Ferganskoy oblasti.
V Kuvinskom rayone 12-iyulya sostoyalos soveshanie po prioritetnim zadacham sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Ferganskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2024
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimi va o‘rinbosarlari yil yakuniga qadar 400 ming odamni band qilish, 80 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha xalq oldida kafolat berdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezident nutqida keltirilgan ma’lumotlrga ko‘ra, viloyatda aholi soni juda tez o‘smoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi uylar, maktab va bog‘chalar qurish kerakligini anglatadi.

“Farg‘ona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday o‘sish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Farg‘ona viloyatini o‘zida yiliga 100 ta yangi bog‘cha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish kerak degani,” - dedi Mirziyoyev.

Sanoatni rivojlantirish

Farg‘ona viloyati sanoatiga investitsiyalar hajmi 3 karra o‘sdi, tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo bo‘ldi, lekin viloyat sanoat rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinda.

Farg‘onadagi 10 ta sement zavodi quvvatining uchdan birida ishlayapti, chunki ularning mahsuloti raqobat qila olmayapti. Viloyatda 36 ta temir-beton korxonasi tomonidan ishlab chiqarilatogan mahsulot olib borilayotgan qurilishlarning 50 foiz ehtiyojini qoplaydi xolos. Yil yakunigacha temir-beton korxonalarini ko‘paytirish shart, dedi prezident.
Quvasoyning Pakana, Kokilon va So‘fon mahallalari hisobidan Qo‘qon iqtisodiy zonasi hududi 1210 gektarga kengaytiriladi. Bu yerlarda 200 million dollarlik, kelgusi yilda 500 million dollarlik loyiha qilish, kamida 10 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.
Viloyat hokimiga 19 ta tuman-shaharning har birini Xitoy tajribasi asosida sanoatning aniq yo‘nalishiga ixtisoslashtirish va ularda sanoat zonalarini tashkil qilish topshirildi.
Ushbu maqsadlarda sanoat zonalaridagi binolar mahalliy tadbirkorlar ijaraga berish yoki sotish belgilanda, infratuzilma xarajatlariga 50 million dollar ajratiladi.
Shuningdek, prezident viloyat va tuman rahbarlari tadbirkorlar muammolarini hal qilishga ko‘proq vaqt ajratishi zarurligi belgilandi.

"Viloyat hokimining o‘zi va har bir o‘rinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularni muammosini hal qiladi", - dedi prezident.

Undan tashqari, ular har hafta televidenie, radio orqali aholi va tadbirkorlarga bo‘layotgan o‘zgarishlarni aytib boradi. Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora ko‘riladi.

Kambag‘allikni qisqartirish

Ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan ta’minlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etaveradi. Shu sababli endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi birlashtiriladi.

"Kambag‘al deb qancha nafaqa to‘laganimiz bilan, ish topib bermasak, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta kelaveradi, boqimandalik kuchayib boraveradi. Shu bois endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bir tizimda bo‘ladi. Buni respublikada Ijtimoiy himoya agentligi boshqaradi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qishloq xo‘jaligi sohasi

So‘nggi 3-yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer berilgan. Ushbu yerlarda 3-marta hosil olish bo‘yicha Farg‘ona tajribasini yaratish topshirildi.
Kelgusi yili barcha paxta maydonlarida, Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida, paxtani ko‘chatlab ekish joriy qilinadi.
15 ta tumanda 500 gektardan yerda bog‘lar tashkil qilinib, 50 sotixdan 30 ming aholiga bo‘lib beriladi.
Farg‘ona tumanida sanoat usulida Italiya va Polshaning serhosil malina navlari ekiladi.
Qo‘shtepa va Yozyovonda 1 ming gektardan yuqori hosildor bodom, shaftoli, gilos va olxo‘ri bog‘lari tashkil qilinadi.
Yirik bog‘bonlar yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilinadi.
O‘zbekiston, Rishton, Beshariq, Bog‘dod tumanlarida joriy yilda har biri 10 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash inshootlarini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytish tavsiya etildi.
Umuman, viloyat hokimi va o‘rinbosarlari, shahar va tuman rahbarlari mas’uliyatini oshirib, yil yakuniga qadar asosiy kapitalga 2,1 milliard dollar qo‘shish, 400 ming odamni band qilish, 80 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha xalq oldida kafolat berdi.
Viloyat kengashi deputatlari komissiya tuzib, buni nazoratga oladi.
Yangiliklar lentasi
0