Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi BRIKS parlament forumida nutq so‘zladi — video

Obuna bo‘lish
Ikki kunlik forumda 16 ta davlatdan vakillar ishtirok etdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS parlament forumida ishtirok etdi.
Bugun Sankt-Peterburgda X BRIKS parlament yubiley forumi ish boshladi. Ikki kunlik forumda 16 ta davlat - Braziliya, Misr, Hindiston, Eron, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Efiopiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Parlamentlararo ittifoq, MDH Parlamentlararo Assambleyasiga a’zo davlatlar – Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekistondan vakillar ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy mavzusi “Global adolatli rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda parlamentlarning roli” etib belgilandi. Federatsiya Kengashi spikerining so‘zlariga ko‘ra, u zamonaviy asosiy vazifalarni lo‘nda aks ettiradi.
Forumning birinchi kunida BRIKS parlament o‘lchovi doirasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash istiqbollariga bag‘ishlangan yalpi majlis bo‘lib o‘tadi, unda assotsiatsiya mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqadi. Barcha delegatsiyalar ishtirokidagi kengaytirilgan tarkibdagi yalpi majlis xalqaro munosabatlar tizimi samaradorligini oshirish va uni demokratlashtirishni ta’minlashda parlamentlarning roliga bag‘ishlanadi.
Ikkinchi kuni, shuningdek, kengaytirilgan tarkibda ko‘p tomonlama savdo tizimining parchalanishiga qarshi kurashish va global inqirozlar oqibatlari bilan bog‘liq tahdidlarni bartaraf etishda parlamentlarning roliga bag‘ishlangan muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Yana bir sessiya gumanitar va madaniy sohalardagi parlamentlararo hamkorlikka bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, 12-iyul kuni MDH PA Kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti forum ishtirokchilariga murojaat qilishdan tashqari, tadbir doirasida ikkita alohida uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0