Shavkat Mirziyoyev 5-6 iyulda Ozarbayjonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2024
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar sammitida savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi va qator hujjatlar imzolanadi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5-6 iyul kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Prezident Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining "Transport o‘zaro bog‘liqligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish" mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Sammit davomida turkiy davlatlar orasida savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, "yashil" iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energetika, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Tadbir yakunida bir qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0