Putin Orban bilan Kremlda uchrashdi
16:42 05.07.2024 (yangilandi: 16:50 05.07.2024)
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vstretilsya s premyer-ministrom Vengrii V. Orbanom
© POOL
/ Obuna bo‘lish
Viktor Orban YeI "Tinchlik missiyasi" doirasida Moskvaga keldi. Ertaga u Kiyevga tashrif buyurib Zelenskiy bilan uchrashadi.
TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Rossiya prezidenti bosh vazirni Moskvada ko‘rganidan xursand ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u Vengriya bosh vaziri Moskvaga ham Yevropa Kengashi raisi sifatida tashrif buyurganiga aniqlik kiritdi.
Uchrashuv mavzularidan biri Ukraina tinchlik kelishuvi bo‘ldi. Rossiya rahbari suhbatdoshiga Moskva taklifining tafsilotlarini taqdim etishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
“Albatta, men siz bilan ushbu masalaning tafsilotlarini muhokama qilishga tayyorman va umid qilamanki, meni o‘z pozitsiyangiz, yevropalik hamkorlar pozitsiyasi bilan tanishtirasiz”, — dedi Putin.
Orban, o‘z navbatida, Putinga qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va “bu uchrashuv avvalgisidan ko‘ra o‘ziga xos” ekanini ta’kidladi.
“Fursatdan foydalanib, siz bilan bir qator muhim masalalarni muhokama qilmoqchiman. Men Yevropa uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha sizning pozitsiyangizni bilishni istardim. Yaqin orada Vengriya hamma bilan gaplasha oladigan Yevropadagi yagona davlatga aylanadi”, — dedi bosh vazir.
Ikki tomonlama munosabatlarga to‘xtalgan Putin, Rossiya va Vengriya o‘rtasidagi savdo aylanmasida 35 foizlik pasayish kuzatilganini qayd etdi. "Umuman olganda, ustida ishlash kerak bo‘lgan narsa bor, bizda jiddiy loyihalar amalga oshirilmoqda", deya qo‘shimcha qildi u.
"Tinchlik missiyasi"
Orbanning matbuot kotibi Bertalan Xavasining xabar berishicha, bosh vazir Moskvaga “tinchlik missiyasi” doirasida kelgan.
1 iyul kuni Vengriyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga olti oylik raisligi boshlandi. Ertasi kuni Orban 12-yil ichida birinchi marta Kiyevga tashrif buyurdi va u yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Vengriya bosh vaziri Kiyevdan muzokaralarni boshlash uchun o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘raganini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkvaning aytishicha, Kiyev mojaroni boshqa usullar bilan hal qilishga intiladi.
Orbanning ta’kidlashicha, Vengriya Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi davrida tinchlik masalasi asosiy masala bo‘ladi.