YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasida vaqtinchalik savdo bitimi qachon tuzilishi ma’lum bo‘ldi
© Sputnik / Tabildi KadirbekovFlagi YeAES
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
Obuna bo‘lish
Hujjat loyihasi, jumladan, cheklangan turdagi tovarlar uchun bojlarni kamaytirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvlar rekord muddatda tayyorlandi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Ulan-Batorda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), unga a’zo davlatlar va Mo‘g‘uliston o‘rtasida vaqtinchalik savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichida tomonlar ularning yakunlanganligini e’lon qilishdi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizamti.
Qayd etilganidek, bu hujjat loyihasi, jumladan, cheklangan turdagi tovarlar uchun bojlarni kamaytirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvlar rekord muddatda tayyorlangani tufayli mumkin bo‘ldi.
© Press-slujba YeEKVo vremya proxodashego v Ulan-Batore pervogo raunda peregovorov o zaklyuchenii vremennogo torgovogo soglasheniya mejdu Yevraziyskim ekonomicheskim soyuzom, yego gosudarstvami-chlenami i Mongoliyey storoni uje smogli konstatirovat ix substantivnoe zavershenie.
Vo vremya proxodashego v Ulan-Batore pervogo raunda peregovorov o zaklyuchenii vremennogo torgovogo soglasheniya mejdu Yevraziyskim ekonomicheskim soyuzom, yego gosudarstvami-chlenami i Mongoliyey storoni uje smogli konstatirovat ix substantivnoe zavershenie.
© Press-slujba YeEK
“YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasida vaqtinchalik savdo bitimini tuzish orqali hamkorlikni kengaytirish strategik ahamiyatga ega, chunki bu mahsulot eksportini o‘zaro oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish va bir-birining bozorlarida tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘shimcha rag‘batlarni yaratadi”, — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov.
U, shuningdek, komissiya YeOII va Mo‘g‘ulistonning global va mintaqaviy qiymat zanjirlariga yaqinroq integratsiyalashuvini kutayotganini qo‘shimcha qildi. Tomonlar shartnomani shu yil oxirigacha imzolash istagini bildirdi.
“YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasida vaqtinchalik savdo bitimining tuzilishi yaqin 2-3 yil ichida uning eksportini 2-3 baravarga oshiradi. Biz Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YeOII bozorlariga, birinchi navbatda, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, shuningdek, kashemir va charm kabi yengil sanoat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldik”, — dedi Slepnyov.
Ma’lumot uchun, Mo‘g‘uliston bilan vaqtinchalik savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi qaror 2024-yil 8-mayda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan qabul qilingan.