https://oz.sputniknews.uz/20240702/uzbekistan-elektr-stantsiya-44629791.html
O‘zbekiston bu yil 4 gigavattlik elektr stansiyalarni ishga tushiradi
O‘zbekiston bu yil 4 gigavattlik elektr stansiyalarni ishga tushiradi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi. 02.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-02T09:16+0500
2024-07-02T09:16+0500
2024-07-02T10:25+0500
jamiyat
o‘zbekiston
elektr energiyasi
gaz
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/17/23510890_0:72:3385:1976_1920x0_80_0_0_66b5d5e43b5f7a792400f90b28e8763e.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha hisobotda ma’lum qilindi. Qayd etilganidek, bu yil 15 mingta holatda tabiiy gaz va 28 mingta holatda elektrdan o‘g‘irlik aniqlangan. Buning sababi – hozirgi tizimda noqonuniy ulanishlarning oldini olish emas, oqibati bilan kurashilayapti. Shu bois bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullarning javobgarligini oshirish zarurligi qayd etildi. Davlat rahbari sohadagi investitsiyaviy loyihalarni, chet ellik sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi. Mutasaddilarga energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash yuzasidan vazifalar qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240628/energetika-nuqtai-nazaridan-ozbekiston-yondashuvi-eng-maqbul--rossiyalik-ekspert-44575743.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/17/23510890_326:0:3057:2048_1920x0_80_0_0_df6cb4b0b668130d8709e8419b8371e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, elektr energiyasi, gaz, shavkat mirziyoyev
jamiyat, o‘zbekiston, elektr energiyasi, gaz, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston bu yil 4 gigavattlik elektr stansiyalarni ishga tushiradi
09:16 02.07.2024 (yangilandi: 10:25 02.07.2024) Shavkat Mirziyoyevga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan tarmoq va hududlarda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha hisobotda
ma’lum qilindi. Qayd etilganidek, bu yil 15 mingta holatda tabiiy gaz va 28 mingta holatda elektrdan o‘g‘irlik aniqlangan. Buning sababi – hozirgi tizimda noqonuniy ulanishlarning oldini olish emas, oqibati bilan kurashilayapti.
Shu bois bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullarning javobgarligini oshirish zarurligi qayd etildi.
“Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda sohada qator loyihalar amalga oshirilmoqda, stansiyalar barpo etilmoqda. Bu yil barcha manbalar hisobidan 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari sohadagi investitsiyaviy loyihalarni, chet ellik sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish kerakligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi.
“850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlangan. Bunga qo‘shimcha 595 kilometr elektr tarmog‘i qurilib, qator yangi podstansiyalar ishga tushiriladi. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Mutasaddilarga energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash yuzasidan vazifalar qo‘yildi.