O‘zbekiston yana Rossiyaga meva-sabzavot eksportini oshirdi

© Sputnik / Oleg Makarov / Mediabankka o‘tishYabloki i grozdya vinograda
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2024
Obuna bo‘lish
Respublika 4 ta davlatga 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qildi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston va Xitoy davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 420,1 mln dollarga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 % ga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.

“Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7%), Pokiston (19,7%), Qozog‘iston (15,3%) va Xitoy (7,8%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan”, — deyiladi xabarda.

2024 yilning yanvar-may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 % ini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari 26,3 % ko‘rsatgich bilan Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Rabochiy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
"Menga prezident yubormoqda" — Putin O‘zbekiston mevalarining ta’mini baholadi
Yangiliklar lentasi
0