O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirliklari hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldi

Obuna bo‘lish
XII Peterburg Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Rossiya adliya vaziri o‘rinbosari Vadim Fodorov bilan uchrashdi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. XII Peterburg Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirliklari hamkorlik dasturini imzolashga kelishib olishdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva ma’lum qildi.
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan XII Peterburg Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Rossiya adliya vaziri o‘rinbosari Vadim Fodorov bilan uchrashdi.
“Uchrashuv boshida tomonlar Forum kun tartibidagi masalalarning dolzarbligiga to‘xtalib o‘tishdi hamda unda muhokama qilinayotgan mavzular huquqshunoslik sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni o‘z ichiga olganligini va barcha ishtirokchilar uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini berayotganligini qayd etishdi”, — deyiladi xabarda.
Vadim Fodorov O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirliklari o‘rtasida uzoq yillardan beri mustahkam hamkorlik aloqlari o‘rnatilganligini kayd etdi.
Shuningdek, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Uchrashuv yakunida tomonlar ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlik aloqalarini amaliy jihatdan boyitishga qaratilgan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolashga kelishishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi fuqarolar manfaatlari yo‘lida qonunchilikni modernizatsiya qilish masalalari bo‘yicha mamlakatning yuridik, biznes, siyosiy va huquqni muhofaza qiluvchi hamjamiyatlari vakillari o‘rtasidagi muloqot uchun eng yirik maydondir. Forum o‘z ishini 28-iyunga qadar davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0