BAA delegatsiyasi Islom instituti bilan tanishdi

© DUM UzbekistanaBAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
BAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2024
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida mehmonlar institut tarixi hamda o‘quv jarayonlari bilan tanishishdi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “Hidoya” ekstremizmga qarshi kurashish markazi raisi doktor Ali Roshid Al-Nuaimiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent islom instituti faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
Tashrif davomida mehmonlarga institut tarixi haqida batafsil ma’lumot berilib, bugungi o‘quv jarayonlari bilan tanishtirildi. Mehmonlar Qur’oni karim va tajvid o‘quv kursi dars jarayonlarini diqqat bilan kuzatishdi.
© DUM UzbekistanaBAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
Delegatsiya OAE posetila Tashkentskiy islamskiy institut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2024
BAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
Shuningdek, mehmonlar Fatvo markazi faoliyati bilan tanishib, markaz mutaxassislari bilan muloqot qildilar. Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar.
Mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov hamrohlik qildi.
© Upravlenie musulman UzbekistanaBAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
Delegatsiya OAE posetila Tashkentskiy islamskiy institut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2024
BAA delegatsiyasi Toshkent islom institutiga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0