https://oz.sputniknews.uz/20240628/ozbekiston-va-moguliston-munosabatlarini-rivojlantirishda-eoii-qanday-rol-oynaydi-44571413.html
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston munosabatlarini rivojlantirishda YeOII qanday rol o‘ynaydi?
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston munosabatlarini rivojlantirishda YeOII qanday rol o‘ynaydi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yaqin yillarda hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni 5-10 barobarga oshirish niyatida. YeOII bu jarayonga qanday hissa qo‘shadi –... 28.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-28T14:24+0500
2024-06-28T14:24+0500
2024-06-28T16:31+0500
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
yeoii
hamkorlik
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
eksport
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44558854_0:0:3291:1851_1920x0_80_0_0_e929b93e5e8be50824cc888236cdf6fb.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari oliy darajada muzokaralar o‘tkazishdi, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish rejalarini belgilab olishdi.Oxirgi besh yilda O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 7 baravar oshdi – 13,8 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 6,8 baravarga (10,2 million dollargacha), importi esa 6,9 baravarga (3,61 million dollar) oshdi.Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux yaqin yillarda, birinchi navbatda, xaridorgir mahsulotlar turi va yetkazib berish hajmini kengaytirish hisobiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yana 5-10 baravar oshirishga kelishib oldilar. Ushbu rejalarni amalga oshirish uchun tomonlar Imtiyozli savdo shartnomasini imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, shuningdek, bozorga kirish shartlarini o‘zaro soddalashtirishni rejalashtirmoqda.Shu jumladan, Ulan-Bator va Toshkentda savdo uylarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mamlakatlar Qoraqalpog‘iston, Namangan va boshqa viloyatlarda ham chorvachilik majmualarini qurib, go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni boshlaydilar.Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish maqsadida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, qo‘shma biznes-forumlarni muntazam tashkil etish rejalashtirilgan. Hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va soliqqa tortish tamoyillari to‘g‘risidagi asosiy shartnomalar tayyorlanmoqda.Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti geologiya-qidiruv, xomashoni o‘zlashtirish va qayta ishlash sohasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dasturni qabul qilish, bu borada kadrlar tayyorlashni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.Tomonlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir jami 14 ta hujjatni imzoladilar.Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi. O‘zbekiston endi Ulan-Batorda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.O‘zbekiston avvalroq Ulan-Bator tashabbusi bilan tuzilgan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro tahliliy markazini tashkil etish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishuvga qo‘shilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.YeOII mamlakatlarni birlashtiradiO‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo, Mo‘g‘uliston esa bu yil tashkilotga a’zo bo‘lish arafasida. Bundan tashqari, har ikki davlat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kuzatuvchilari bo‘lib, bu ko‘plab sohalarda sheriklik aloqalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, qayd etdi Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlar.Masalan, YeOIIda erkin savdo zonalarini yaratish bo‘yicha kelishuv mavjud bo‘lib, buning natijasida Ittifoq mamlakatlari va tashqi bozordagi hamkorlar qulay transport-logistika yechimlarini joriy qilmoqdalar. 2019-yilda YeOII o‘rtasidagi xuddi shunday kelishuv (o‘sha paytda vaqtinchalik) o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 baravarga – 2022-yilda 6,2 milliard dollargacha oshirish imkonini berdi.Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Global tadqiqotlar instituti ilmiy direktori Aleksandr Ilinskiyning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ikkala davlat ham YeOIIning to‘liq a’zosi bo‘lmaganiga qaramay, ular qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin, chunki ular Rossiya va Xitoy o‘rtasida muhim geostrategik pozitsiyani egallaydi. Shu bois, uning fikricha, Ittifoq doirasidagi hamkorlik bu davlatlarning iqtisodiy va siyosiy aloqalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.Ilinskiy Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Xitoy va YeOII davlatlarining samarali transport yo‘nalishlarini yaratishda birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilishini ham ta’kidlaydi. Bu amaldagi meyoriy-huquqiy bazani uyg‘unlashtirish, infratuzilmaga katta miqdorda sarmoya kiritish, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishni talab qiladi.Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida logistika masalasi ham ko‘tarilgan. Rahbarlar transport vazirlariga yuk tashish narxini pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. Siyosatshunos va mustaqil ekspert Baxtiyor Alimjonovning fikricha, mamlakatlar umumiy chegaraga ega bo‘lmagani uchun YeOII va Xitoy ularning logistikasida muhim rol o‘ynaydi.Uning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish boshqalarga ham foyda keltiradi.Rossiya Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubes ham O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo hamkorligini YeOII va Xitoy bilan simbiozda rivojlantirishning afzalliklarini keltirib o‘tdi.Zubesning tushuntirishicha, bu turli - xomashoni olish va qayta ishlash, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Yevroosiyo makonining boshqa mamlakatlarida olinadigan xomashyo asosida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa loyihalar bo‘lishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20240624/uzbekistan-mongolia-hamkorlik-hujjatlar-44504321.html
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44558854_348:0:3079:2048_1920x0_80_0_0_61e963d8591892a9ae9680913b648a5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, mo‘g‘uliston, yeoii, hamkorlik, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), eksport, import
o‘zbekiston, mo‘g‘uliston, yeoii, hamkorlik, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), eksport, import
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston munosabatlarini rivojlantirishda YeOII qanday rol o‘ynaydi?
14:24 28.06.2024 (yangilandi: 16:31 28.06.2024) Eksklyuziv
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yaqin yillarda hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni 5-10 barobarga oshirish niyatida. YeOII bu jarayonga qanday hissa qo‘shadi – batafsil Sputnik O‘zbekiston materialida.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari oliy darajada muzokaralar o‘tkazishdi, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish rejalarini belgilab olishdi.
Oxirgi besh yilda O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 7 baravar oshdi – 13,8 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 6,8 baravarga (10,2 million dollargacha), importi esa 6,9 baravarga (3,61 million dollar) oshdi.
Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux yaqin yillarda, birinchi navbatda, xaridorgir mahsulotlar turi va yetkazib berish hajmini kengaytirish hisobiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yana 5-10 baravar oshirishga kelishib oldilar. Ushbu rejalarni amalga oshirish uchun tomonlar Imtiyozli savdo shartnomasini imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, shuningdek, bozorga kirish shartlarini o‘zaro soddalashtirishni rejalashtirmoqda.
Shu jumladan, Ulan-Bator va Toshkentda savdo uylarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mamlakatlar Qoraqalpog‘iston, Namangan va boshqa viloyatlarda ham chorvachilik majmualarini qurib, go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni boshlaydilar.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish maqsadida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, qo‘shma biznes-forumlarni muntazam tashkil etish rejalashtirilgan. Hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va soliqqa tortish tamoyillari to‘g‘risidagi asosiy shartnomalar tayyorlanmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti geologiya-qidiruv, xomashoni o‘zlashtirish va qayta ishlash sohasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dasturni qabul qilish, bu borada kadrlar tayyorlashni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
Tomonlar turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir jami 14 ta hujjatni imzoladilar.
Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi. O‘zbekiston endi Ulan-Batorda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston avvalroq Ulan-Bator tashabbusi bilan tuzilgan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro tahliliy markazini tashkil etish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishuvga qo‘shilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
YeOII mamlakatlarni birlashtiradi
O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo, Mo‘g‘uliston esa bu yil tashkilotga a’zo bo‘lish arafasida. Bundan tashqari, har ikki davlat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kuzatuvchilari bo‘lib, bu ko‘plab sohalarda sheriklik aloqalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, qayd etdi Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlar.
Masalan, YeOIIda erkin savdo zonalarini yaratish bo‘yicha kelishuv mavjud bo‘lib, buning natijasida Ittifoq mamlakatlari va tashqi bozordagi hamkorlar qulay transport-logistika yechimlarini joriy qilmoqdalar. 2019-yilda YeOII o‘rtasidagi xuddi shunday kelishuv (o‘sha paytda vaqtinchalik) o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 baravarga – 2022-yilda 6,2 milliard dollargacha oshirish imkonini berdi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Global tadqiqotlar instituti ilmiy direktori Aleksandr Ilinskiyning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ikkala davlat ham YeOIIning to‘liq a’zosi bo‘lmaganiga qaramay, ular qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin, chunki ular Rossiya va Xitoy o‘rtasida muhim geostrategik pozitsiyani egallaydi. Shu bois, uning fikricha, Ittifoq doirasidagi hamkorlik bu davlatlarning iqtisodiy va siyosiy aloqalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.
“O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi ularga 180 milliondan ortiq aholiga ega umumiy bozorga chiqish imkonini beradi. Bojxona tariflari va Ittifoq qoidalarini umumiylashtirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi logistika va savdoni soddalashtirish hamda YeOII transport-logistika yo‘laklarini boshqa mintaqaviy tashabbuslar bilan uyg‘unlashtirishga yordam berishi mumkin”, – fikr bildirdi ekspert.
Ilinskiy Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Xitoy va YeOII davlatlarining samarali transport yo‘nalishlarini yaratishda birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilishini ham ta’kidlaydi. Bu amaldagi meyoriy-huquqiy bazani uyg‘unlashtirish, infratuzilmaga katta miqdorda sarmoya kiritish, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishni talab qiladi.
Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida logistika masalasi ham ko‘tarilgan. Rahbarlar transport vazirlariga yuk tashish narxini pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. Siyosatshunos va mustaqil ekspert Baxtiyor Alimjonovning fikricha, mamlakatlar umumiy chegaraga ega bo‘lmagani uchun YeOII va Xitoy ularning logistikasida muhim rol o‘ynaydi.
Uning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish boshqalarga ham foyda keltiradi.
“O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo qaysidir ma’noda YeOII va Xitoyning yerusti logistikasiga bog‘liq. Bunday hamkorlik butun Yevroosiyo bo‘ylab transport yo‘nalishlarini, shuningdek, "Shimol – Janub" yo‘lagini rivojlantirishga xizmat qiladi”, — dedi Alimjonov.
Rossiya Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubes ham O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo hamkorligini YeOII va Xitoy bilan simbiozda rivojlantirishning afzalliklarini keltirib o‘tdi.
“Tovarlar, kapital, odamlar va texnologiyalar harakati ancha arzonlashadigan yagona, bojxonasiz, cheksiz, to‘siqsiz maydon paydo bo‘ldi. Hamkorlik xarajatlari pasayotganligi sababli ilgari imkonsiz bo‘lgan loyihalar yanada qulayroq va amalga oshirish mumkin bo‘ladi”, – deya ta’kidlaydi ekspert.
Zubesning tushuntirishicha, bu turli - xomashoni olish va qayta ishlash, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Yevroosiyo makonining boshqa mamlakatlarida olinadigan xomashyo asosida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish va boshqa loyihalar bo‘lishi mumkin.