Jizzaxda bo‘lajak AES infratuzilmasini yaratish kuzda boshlanadi

© UzatomJizzaxda AES qurilishi kuzda boshlanadi
Jizzaxda AES qurilishi kuzda boshlanadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2024
Obuna bo‘lish
AES qurilishi belgilangan maydon ko‘zdan kechirilib, u yerda birinchi navbatda amlga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. "O‘zatom" va "Rosatom" kam quvvatli atom elektr stansiyasini (KQAES) qurish bo‘yicha shartnomani amalga oshirish tartibiga oid protokolni imzoladi, deb xabar qilmoqda "O‘zatom" matbuot xizmati.
"2024 yil 26-iyun kuni "O‘zatom" agentligi va "Rosatom" davlat korporatsiyasi muhandislik bo‘limi rahbarlarining uchrashuvi doirasida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi", - deyiladi xabarda.
Delegatsiya, shuningdek, Jizzax viloyatida kuzda 6 blokli AES qurilishi boshlanishi rejalashtirilayotgan maydonni ko‘zdan kechirib, u yerda birinchi navbatda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni belgilab berdi. Jumladan, barcha infratuzilma bilan ta’minlangan quruvchilar shaharchasini barpo etishga kelishib olindi.
© UzatomJizzaxda AES qurilishi kuzda boshlanadi
Delegatsiya Rosatoma pobivala na meste stroitelstva budushego AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
Jizzaxda AES qurilishi kuzda boshlanadi
Delegatsiyaning qurilish maydoniga tashrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Jizzax viloyatida "Rosatom" tomonidan quvvati 330 MVt bo‘lgan olti reaktorli (har biri 55 MVt) kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish haqida kelishib olingan edi. Stansiya qurilishida "Rosatom" bosh pudratchi bo‘ladi, lekin mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. Qurilish to‘liq O‘zbekiston tomoni tomonidan moliyalashtiriladi. KQAES 2029-yildan 2033-yilgacha bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Yangiliklar lentasi
0