MDHda migratsiya bo‘yicha muammolarni qanday hal qilish mumkin — O‘zbekiston ombudsmani javobi

© Ofitsialniy kanal Upolnomochennogo po pravam cheloveka v Rossiyskoy Federatsii. V Sankt-Peterburge proxodit vtoroe zasedanie Komissii po pravam cheloveka SNG
V Sankt-Peterburge proxodit vtoroe zasedanie Komissii po pravam cheloveka SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ombudsmani Feruza Eshmatova MDH Inson huquqlari qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston MDH davlatlarini migratsiya sohasidagi milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish, migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga chaqiradi. Bu haqda O‘zbekiston ombudsmani Feruza Eshmatova ma’lum qildi.
Sankt-Peterburgda MDH Inson huquqlari komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston vakillari ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar Hamdo‘stlikning boshqa mamlakatlarida ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi.
© Ofitsialniy kanal Upolnomochennogo po pravam cheloveka v Rossiyskoy Federatsii. V Sankt-Peterburge proxodit vtoroe zasedanie Komissii po pravam cheloveka SNG
V Sankt-Peterburge proxodit vtoroe zasedanie Komissii po pravam cheloveka SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
V Sankt-Peterburge proxodit vtoroe zasedanie Komissii po pravam cheloveka SNG
O‘zbekiston ombudsmani Feruza Eshmatovaning qayd etishicha, migratsiya sohasidagi milliy qoidalarni takomillashtirish va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari Hamdo‘stlik hududida dolzarbdir.

“Migratsiya jarayonlarining kuchayishi sharoitida mamlakatlarimiz oldida qonunchilikni uyg‘unlashtirish va migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini, shuningdek, ularning ijtimoiy integratsiyalashuvi shartlarini takomillashtirish zarurati bilan bog‘liq qator muammolar turibdi”, — dedi Eshmatova.

Uning qayd etishicha, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning inson huquqlari sohasidagi milliy manfaatlarini ham, xalqaro majburiyatlarini ham hisobga oladigan yagona tartibga soluvchi yondashuvlarini ishlab chiqish muhim jihatdir.
U butun MDH hududida migrantlarning xalqaro huquq normalariga mos keladigan huquq va majburiyatlarini belgilash va tasniflash bo‘yicha yagona yondashuvni shakllantirish MDHda migratsiya sohasidagi ko‘p yillik muammolarni hal qilishga yordam berishiga ishonch bildirdi.
“MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik nafaqat dolzarb muammolarni hal qilishga, balki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega”, — deya qayd etdi u.
Rabochiy na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
O‘zbekiston va YeOII
Qirg‘iziston MDH va YeOII davlatlariga migrantlar huquqlari bo‘yicha taklif berdi
Yangiliklar lentasi
0