Xorijliklar O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda?

Obuna bo‘lish
Statistika agentligiga ko‘ra, respublikada chet el investitsiyasi ishtirokidagi 14 mingtadan korxona faoliyat yuritmoqda.
Respublikada 2024-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 349 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 4 435 tasi qo‘shma va 9 914 tasi xorijiy korxonadir.
Ular sohalar kesimida quyidagicha:
savdo – 5 047 ta;
sanoat – 3 149 ta;
qurilish – 1 011 ta;
axborot va aloqa – 967 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 547 ta;
tashish va saqlash – 494 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 414 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 198 ta;
boshqa sohalarda – 2 522 ta.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0