Bu yil Haj safari davomida 1,3 mingdan ortiq ziyoratchi vafot etdi

© AP Photo / Rafiq MaqboolVeruyushie vo vremya Xadja v Mekke
Veruyushie vo vremya Xadja v Mekke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2024
Obuna bo‘lish
Haj vaqtida Saudiya Arabistoni shifokorlari tomonidan jami 30 ming marta ziyoratchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Bu yil Saudiya Arabistonidagi musulmonlarning Haj ziyorati chog‘ida 1300 nafardan ortiq ziyoratchilar halok bo‘ldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni "Al-Ixbariya" telekanali orqali qirollik sog‘liqni saqlash vaziri ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Haj vaqtida 1301 nafar ziyoratchi tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan, ularning 83 foizdan ortig‘i ro‘yxatga olinmagan”, — dedi u.
Vazirning aytishicha, ro‘yxatga olinmagan 95 nafar bemor ziyoratchi hamon qirollikdagi shifoxonalarda davolanmoqda, ulardan ba’zilarini davolanish uchun poytaxt Ar-Riyodga aviatsiya orqali olib ketishga to‘g‘ri kelgan.
Haj vaqtida Saudiya Arabistoni shifokorlari tomonidan jami 30 ming marta ziyoratchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan, marosimlar o‘tkaziladigan joylarda 6,5 mingta yotoq o‘rnatilgan.
Saudiya Arabistonidagi Haj ziyorati hafta oxirida yakunlandi.
O‘tgan yili Haj vaqtida jazirama tufayli 240 kishi halok bo‘lgan, 10 mingdan ortiq kishi sog‘lig‘i bilan muammolarga duch kelgan.
Yangiliklar lentasi
0