https://oz.sputniknews.uz/20240621/ozbekiston-chiqindi-gazlarni-kamaytirgani-uchun-uglerod-moliyasi-olgan-birinchi-davlat-boldi-44468312.html
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun "uglerod moliya"si olgan birinchi davlat bo‘ldi
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun "uglerod moliya"si olgan birinchi davlat bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonga chiqindi gazlarini kamaytirgani uchun 7,5 million dollar “uglerod moliyasi” to‘ladi.
2024-06-21T17:45+0500
2024-06-21T17:45+0500
2024-06-21T17:49+0500
o‘zbekiston
jahon banki
yashil energiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39573647_0:297:3092:2036_1920x0_80_0_0_4676ef53cf72f3609abe2f6709f57715.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston energiya sohasida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha Jahon bankidan samaradorlik uchun to‘lov olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi."Umid qilamizki, ushbu pilot loyiha milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham islohotlar o‘tkazish uchun namuna bo‘lishi, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham shunday amaliyotni joriy etishda namuna bo‘lib xizmat qiladi”, - dedi JBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati ushbu mablag‘larning bir qismini elektr va gaz narxlarining so‘nggi oshishi natijasida farovonligi yomonlashgan oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ishlatish majburiyatini oldi. Bundan tashqari, loyiha mablag‘lari O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish va energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39573647_361:0:3092:2048_1920x0_80_0_0_75fd84dd5c12d14cd885a52d84625392.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jahon banki o‘zbekiston
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun "uglerod moliya"si olgan birinchi davlat bo‘ldi
17:45 21.06.2024 (yangilandi: 17:49 21.06.2024) Jahon banki O‘zbekistonga chiqindi gazlarini kamaytirgani uchun 7,5 million dollar “uglerod moliyasi” to‘ladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston energiya sohasida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha Jahon bankidan samaradorlik uchun to‘lov olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.
Xususan, Jahon banki iCRAFT loyihasi doirasida 500 ming tonna karbonat angidrid gazi chiqindilarini muvaffaqiyatli qisqartirish uchun O‘zbekistonga 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi. O‘zbekistn natijalari uchinchi tomon tomonidan xolis tasdiqlangan.
"Umid qilamizki, ushbu pilot loyiha milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham islohotlar o‘tkazish uchun namuna bo‘lishi, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham shunday amaliyotni joriy etishda namuna bo‘lib xizmat qiladi”, - dedi JBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati ushbu mablag‘larning bir qismini elektr va gaz narxlarining so‘nggi oshishi natijasida farovonligi yomonlashgan oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ishlatish majburiyatini oldi.
Bundan tashqari, loyiha mablag‘lari O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish va energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo‘shadi.