Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishPrezident Mongolii Uxnaagiyn Xurelsux vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim v Gosudarstvennom dvorse v Ulan-Batore.
Prezident Mongolii Uxnaagiyn Xurelsux vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim v Gosudarstvennom dvorse v Ulan-Batore. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2024
Obuna bo‘lish
Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, madaniy-tarixiy meros obyektlari bilan tanishadi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.
Tashrif davomida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Xususan, konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha kelishib olinadi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida prezidentlar ikki davlat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0