BRIKS o‘yinlari: O‘zbekiston umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
© NOK7-y den Igr BRIKS v gorode Kazan proshol plodotvorno dlya delegatsii Uzbekistana.
© NOK
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar uchun yettinchi kun ham muvaffaqiyatli o‘tdi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Qozon shahri mezbonlik qilayotgan VI BRIKS o‘yinlarining yettinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, kun davomida atletlar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishishdi.
"Yettinchi kundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 13 ta kumush va 21 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan so‘ng umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi", — deyiladi xabarda.
© NOK7-y den Igr BRIKS v gorode Kazan proshol plodotvorno dlya delegatsii Uzbekistana.
7-y den Igr BRIKS v gorode Kazan proshol plodotvorno dlya delegatsii Uzbekistana.
© NOK
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: Artur Guliyev (kanoe, 200 metr)
Kumush medal: Nigina Sobirova (ayollar kurashi, -62 kg)
Bronza medal: Dilfuza Aimbetova (ayollar kurashi, -59 kg), Dinora Rustamova (ayollar kurashi, -65 kg), Svetlana Oqnazarova (ayollar kurashi, -72 kg).